AsosiyJamiyat

FVV “Qamchiq”ning taqiqlangan joylarida avtotransport vositalarini to`xtatmaslikka chaqirdi

'FVV “Qamchiq”ning taqiqlangan joylarida avtotransport vositalarini to`xtatmaslikka chaqirdi'ning rasmi

«Toshkent-O`sh» avtomobil yo`lining «Qamchiq» dovoni qismida qish mavsumida aholini va avtotransport vositalarini xavf-xatarsiz harakatlanishini ta`minlash maqsadida mas`ul xizmatlar tomonidan muntazam ravishda muayyan profilaktik tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.

Xususan, doimiy monitoring o`tkazish, avtomobil yo`lida qish mavsumida transport vositalarini xavfsiz harakatini ta`minlash, muzlamaga qarshi yo`llarni qordan tozalash tadbirlari, shuningdek xavfli uchastkalarda qor ko`chkisi, er ko`chkisi, tosh tushishi xavfi yuqori hududlarga harakat xavfsizligiga qaratilgan ogohlantirish belgilari o`rnatish ishlariga alohida e`tibor qaratilgan.

Bugungi kunda, haydovchilar tomonidan qor ko`chkisiga xavfli hududlarga o`rnatilgan ogohlantirish hamda taqiqlovchi yo`l belgilariga qaramasdan avtotransport vositalarini to`xtatishayotganligi va xavfli uchastkalarda  haydovchilar va yo`lovchilarning sayr qilishayotganligi hamda eng achinarlisi farzandlari bilan qor o`ynashayotganligi holatlari kuzatilmoqda. Bu esa o`z navbatida, dovon hududida yuzaga kelishi mumkin bo`lgan favqulodda vaziyatlarda aholi xavfsizligini ta`minlashga salbiy ta`sir ko`rsatishi mumkin.

Ma`lumki dovon avtomobil yo`lining 224-252 km.lari qor ko`chkisiga xavfli hududdir. Ob-havoning keskin o`zgaruvchanligi, tog` qiyalikliklarida qor massasining ortib ketishi, hududning yuqori nishabliligi hamda avtomobil yo`lida harakat yuklamasining ko`pligi sabali mutaxassislar avtotransport haydovchilari va yo`lovchilariga quyidagilarni:

yo`l harakati qoidalari va beligilariga qat`iy rioya etgan holda harakat xavfsizligi qoidalariga amal qilishni;

avtomobil yo`lining xavfli uchastkalarda tog` qiyaliklariga chiqmaslikni, qor uyinlarini uynamaslikni hamda avtotransport vositasini ushbu joylarda to`xtatmaslikni tavsiya etadi.

 

    Boshqa yangiliklar