O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 yanvardagi “O`zbekiston Respublikasida turizmni jadal rivojlantirishga oid qo`shicha chora-tadbirlari to`g`risida”gi PF-5611-sonli Farmoniga muvofiq, O`zbekiston ekstremal va tog` turizmi Federasiyasi tomonidan Jizzax viloyatida “Tarix karvoni” loyihasi doirasida taqdimot tadbiri o`tkazildi.
O`tkazilgan taqdimot tadbirida Jizzax davlat pedagogika institutining geografiya, tarix va biologiya fakultetlari talabalari ishtirok etishdi. Talaba yoshlar o`zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.
Tadbir davomida O`zbekiston ekstremal va tog` turizmi Federasiyasi Jizzax viloyat bo`limi tomonidan “Yoshlarda tog`li va ekologik hudud marshrutlari bo`yicha gid kuzatuvchilik ko`nikma va bilimlarni oshirish yo`li bilan Jizzax viloyati bo`yicha ichki turizm salohiyatini oshirishga ko`maklashish” nomli loyiha taqdimoti ham namoyish etildi.
Turizmni rivojlantirish hududiy boshqarmasi, Halq ta`limi boshqarmasi hamda O`zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi vakillari tomonidan joylarda o`qishlarni tashkil qilish borasida fikrlar almashinilib, tashkiliy masalalar kelishib olindi. Tuman vaklilari tomonidan loyihani amalga oshirish bo`yicha tuman mutasaddi tashkilotlari hamkorligini yo`lga qo`yish va keyinchalik hududlarda gid kuzatuvchilarni tayyorlash yuzasidan amalga oshiriladigan ishlar haqida fikr mulohazalar va takliflar bildirildi.