Bugun, 20 yanvar - oliy ta`lim muassasalariga o`qishini ko`chirish (ko`chirib tiklash) to`g`risidagi arizalar topshirishning so`nggi kuni.
Arizalar hududiy Ishchi guruhlar tomonidan bugun soat 17:00 gacha qabul qilinadi.
Taqdim etiladigan hujjatlar:
Ariza (hududiy ishchi guruh tomonidan beriladi, joyida to`ldiriladi);
Pasport nusxasi;
Reyting daftarchasi yoki belgilangan shakldagi akademik ma`lumotnomadan nusxa.
O`qishni ko`chirish bo`yicha kelib tushgan arizalar 2020 yil 25 yanvardan 15 fevralga qadar ko`rib chiqiladi va tegishli qaror qabul qilinadi.