2020 yil yanvar oyida Qoraqalpog`iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish ko`mitasi inspektorlari tomonidan o`tkazilgan ekologik reyd tabdiri davomida Mo`ynoq tumani «Hokim Ota» OFYda yashovchi fuqarolar P.A. hamda N.A. lar tomonidan Mo`ynoq tumani «Bozatao`» OFy hududidan oqib o`tuvchi Amudaryo daryosidan taqiqlangan leskali ovlari yordamida bir dona do`ngpeshona va uch dona lesh baliqlarini ovlash holati aniqlandi.
Holat yuzasidan qonunbuzar fuqarolarga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, tabiatga etkazilgan zararini qoplash uchun 646 700 so`m da`vo hisoblandi hamda Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi Kodeksning 90-moddasi 4-bandiga asosan ma`muriy ishlar bo`yicha sud organiga yuborish uchun hujjatlar tayorlanmoqda.
Mazkur holat yuzasidan baliq ovlash anjomlari ashyoviy dalil sifatida Qo`ng`irot tumani Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorati bo`yicha inspeksiyasida saqlanmoqda, deya xabar beradi Davlat ekologiya qo`mitasi Axborot xizmati.






