O`zbekiston tadbirlar tashkilotchilari milliy assosiasiyasi aholiga bepul maslahat berish uchun ishonch raqami ishga tushirilganini ma`lum qildi. Bu hada Aniq.uz. nashri xabar berdi.
“78 129 84 84 raqamiga qo`ng`iroq qilib, har bir fuqaro 1 yanvar kuni kuchga kirgan qoidalar bo`yicha bepul maslahat olishi mumkin”, - deyilgan xabarda.
Eslatib o`tamiz, Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi Kengashlari 14 sentyabr kuni to`y-hashamlar, oilaviy tantanalar, maraka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bag`ishlangan tadbirlar o`tkazilishini tartibga solish tizimini takomillashtirish to`g`risidagi qarorni qabul qilgan. 2020 yilning dastlabki kunlaridan boshlab, Samarqand viloyatida ushbu normativ-huquqiy hujjatda belgilangan normalar buzilishi holatlari aniqlangan reydlar o`tkazilgan.
Tadbirlar tashkilotchilari milliy uyushmasi mutaxassislari bozorni o`rganib chiqib, yangi qoidalar o`rnatilishi munosabati bilan to`y va boshqa tadbirlarni o`tkazish joylarini tanlashda kishilar nimalarga e`tibor qaratishayotgani to`g`risida ma`lumotnomalar tayyorladilar: 1 yanvardan boshlab ko`plab restoranlar mehmonlarning ruxsat etilgan maksimal soniga oid talabga deyarli to`liq javob bermoqda. Uyushma, mutaxassislarning tavsiyalari kiritilgan ro`yxatlarni barcha murojaat etuvchilarga yuborishga tayyor.
"Sohamizning ba`zi vakillari, mahalliy hokimiyat organlari tomonidan tanqidlarga duch kelishdi. Afsuski, biz ushbu kompaniyalarning faoliyati to`g`risida to`liq ma`lumotga ega emasmiz. Biroq, men ishonamanki, bizning umumiy maqsadimiz aybdorlarni jazolash emas, balki yangi qoidalarga muvofiq yashashni va shu jumladan mijozlar bilan ishlashni o`rganish. Hozircha boshqa tashabbuslar bo`lmasa-da, uyushma advokatlari Yangi yildan kuchga kirgan qoidalar tafsilotlarini tushuntirib, yuridik maslahat berishga tayyor. Bularning barchasi fuqarolarga bepul taqdim etiladi, chunki barchamiz aholining huquqiy savodxonligini oshirish tarafdorimiz. Sodir bo`layotgan voqealarning faqat salbiy tomonini ko`rishdan naf yo`q - uyushma mutaxassislari yangi talablarni hisobga olgan holda to`y uchun juda yaxshi ssenariylarni ishlab chiqdilar, ularni ham biz bepul tarqatishga tayyormiz”, – deydi Arsen Dlyanchev.






