UzAuto Motors kompaniyasi mijozlar uchun yangi xizmatni ishga tushirdi. Endilikda xaridorlar shartnoma holatini UzAuto Motors saytida ham tekshirishi mumkin bo`ladi. Bu haqda kompaniya Axborot xizmati xabar berdi.
Avval bunday imkoniyat faqat @uzautosanoat_bot Telegram-boti hamda Uzavtosavdo ilovasi orqali taqdim etilardi, deyiladi xabarda.
20 yanvardan e`tiboran xaridor shartnoma holatini UzAuto Motors kompaniyasining ushbu havolasi orqali ham tekshirish imkoniga ega bo`ldi.
Buning uchun xaridor saytning “Imzolangan shartnomaning holati” bo`limiga STIR hamda shartnoma raqamini kiritishi kifoya.






