Joriy yilning 3-yanvaridan 20-yanvariga qadar O`zneftgazinspeksiya tomonidan o`tkazilgan tadbirlar doirasida 5,1 mlrd so`mlik tabiiy va suyultirilgan gazlarni talon-taroj qilish holatlari aniqlandi. Bu haqda O`zneftgazinspeksiyaning axborot xizmati xabar bermoqda.
Xususan eng jiddiy huquqbuzarliklar Namangan va Jizzax viloyatlarida aniqlandi. “Mezbon” MChJ va “Nafosat bekati” MChJ korxonalariga tegishli umumiy ovqatlanish korxonalarida jami 306 mln so`mlik 306 ming metr kub hajmdagi tabiiy gazdan noqonuniy ravishda foydalanish holatlari aniqlandi.
Bundan tashqari, Samarqand viloyati Pastdarg`om tumanida hech qanday ruxsatnomasiz, o`zboshimchalik bilan ohak sexi tomonidan gaz tarmog`iga ulanib gazdan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlandi. Dastlabki xisob kitob bo`yicha jami 330 mln so`mlik 330 ming metr kub hajmdagi tabiiy gazdan noqonuniy ravishda foydalanish holatlari aniqlandi.
Yana bir nechta gaz ta`minoti tizimiga ruxsatsiz ulanish holatlari Toshkent viloyatining Toshkent va Qibray tumanlarida aniqlangan. 157 ming metr kub xajmdagi tabiiy gazdan noqonuniy ravishda issiqhonalar va “Muhammad” MChJ parrandachilik fermalaridan birida foydalanilgan. Umumn olganda viloyat hududida jami 690 mln so`mlik 690 ming metr kub hajmdagi tabiiy gazdan noqonuniy ravishda foydalanish holatlari aniqlandi.
Qisqacha qilib aytganda Respublikada jami 4,3 mln metr kub hajmdagi tabiiy gazdan noqonuniy ravishda foydalanish holatlari aniqlangan, bu esa o`z navbatida jami 4,3 mlrd so`mlik zarar keltirilganligini bildiradi.






