Andijon viloyatida amalga oshirilayotgan tadbirlar davomida 8 yanvar kuni huquqni muhofaza qilish idoralari bilan birgalikda O`zneftgazinspeksiya tomonidan Andijon viloyati hududidan suyultirilgan gazni olib chiqishga urinishning oldi olindi. Bu haqda O`zneftgazinspeksiyaning axborot xizmati xabar bermoqda.
24 mln so`m qiymatidagi 10,2 tonna suyultirilgan gaz, davlat raqami 70 707 VAA gaz tashish avtomashinasida olib ketilayotganida aniqlandi. Ushbu yoqilg`i “Shaxrixan” gaz to`ldirish stansiyasida noqonuniy tarzda yuklanganligi ma`lum bo`ldi. Aniqlangan holatlar yuzasidan rasmiylashtirilgan xujjatlar huquqni muhofaza qilish organlariga taqdim etildi.
Tabiiy va suyultirilgan gazdan to`g`ri hamda qonuniy foydalish chora-tadbirlari davom etmoqda






