AsosiyJamiyat

Farzandining ta`minoti uchun aliment to`lamayotgan otalarga nisbatan jinoyat ishi ochildi

'Farzandining ta`minoti uchun aliment to`lamayotgan otalarga nisbatan jinoyat ishi ochildi'ning rasmi

Qashqadaryoning Nishon tumani, “Nishon” MFYda yashovchi fuqaro X.D. sudining qaroriga ko`ra, moddiy yordamga muhtoj bo`lgan voyaga etmagan farzandlarini moddiy ta`minlashdan bo`yin tovlagan. Shu sabab 15 sutka qamlib chiqsada, jazodan so`ng ham aliment to`lashdan bo`yin tovlaydi. Bu hadv viloyat MIB Axborot xizmati xabar bermoqda.

         X.D. Qarshi tumanlararo sudining sud buyrug`iga asosan sobiq turmush o`rtog`i S.T. qarmog`idagi 3 nafar voyaga etmagan farzandlari uchun aliment puli undirish belgilangan. Shunday bo`lsada, qarzdor byuro xodimlarining ogohlantirishlariga va ta`sir choralariga qaramasdan biror marotaba ham aliment pullarini to`lab bermagan. Oqibatda qarzdorlik 2019 yil 27 dekabr kuniga qadar jami 105 mln. 068 ming so`mni tashkil etgan.

Mazkur holat yuzasidan Byuroning Nishon tuman bo`limi tomonidan fuqaro X.D.ga nisbatan JKning 122-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Xuddi shu kabi tumandagi Talimarjon shaharchasida yashovchi fuqaro M.M. ham 2 nafar farzandiningn moddiy ta`minoti uchun 2019 yilning 21 may kunidan 2019 yil 27 dekabr kuniga qadar jami 63 mln. 257 ming so`m  miqdoridagi aliment pullarini to`lashdan qasddan bo`yin tovlab kelganligi uchun unga ham jinoyat ishi qo`zg`atildi.  

 

    Boshqa yangiliklar