Davlat bojxona qo`mitasi chegara bojxona postlari hududlariga tutash joylarda zamonaviy bojxona terminallarini qurish bo`yicha tanlov e`lon qiladi. Bu haqda qo`mita Axborot xizmati xabar berdi.
Davlat bojxona qo`mitasi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bojxona ma`muriyatchiligini takomillashtirish va O`zbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlari faoliyati samaradorligini oshirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida” 2018 yil 24 noyabrdagi PF-5582-sonFarmoni ijrosini ta`minlash maqsadida, “Daut-ota” (Qoraqalpog`iston Respublikasi), “Madaniyat” (Andijon viloyati), “O`zbekiston” (Farg`ona viloyati),“G`ishtko`prik”va “Oybek” (Toshkent viloyati) bojxona postlari hududlariga tutash joylarda zamonaviy bojxona terminallarini, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik asosida qurish bo`yicha tanlov e`lon qiladi.
Tijorat takliflari 2020 yil 28 yanvar kuni soat 17-00ga qadar qabul qilinadi.
Tanlovga tijorat taklifining kelib tushish muddati Davlat bojxona qo`mitasida ro`yxatga olingan kuni hisoblanadi.
Tijorat taklifi zamonaviy bojxona terminalini qurish bo`yicha Davlat bojxona qo`mitasi tomonidan tasdiqlangan texnik topshiriq asosida taqdim etilishi lozim.
Bojxona terminallarini qurish bo`yicha tanlovda qatnashadigan investorva uning affillangan shaxslari bilan birgaquyidagi asosiy shartlar (dastlabki malaka tanlovi) asosida tanlanadi:
bojxona terminalini qurish 100 % investor hisobidan amalga oshirilishi;
takliflarni ko`rib chiqishda ushbu yo`nalishdagi amaliy tajribasimavjudligi, shuningdeklogistika terminaliva(yoki) bojxonaomboriniboshqarishdatajribagaegabo`lishi;
so`nggi ikki yillikdagi moliyaviy ahvoli, xalqaro nufuzi, menejment standartlariga javob berishi kabi ko`rsatkichlariga alohida e`tibor qaratilishi;
bojxona terminalida faoliyat olib boruvchi davlat organlariga bino, inshoot va boshqa turdagi vositalar bepul asoslarda taqdim etilishi lozim.
Bojxona terminalini qurish bo`yicha eng yaxshi takliflar Davlat bojxona qo`mitasining tanlov shartlariga mosligini tasdiqlovchi taqdim etilgan hujjatlar asosidatanlash yo`li bilan aniqlanadi.
Qo`shimcha ma`lumotlar olish uchun +99878 120-76-00 (ichki raqam 53-05 va 57-09) telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.
Hujjatlar quyidagi manzilda qabul qilinadi: O`zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Islom Karimov ko`chasi 3 uy, indeks 100003.






