AsosiyJamiyat

Murojaatdan so`ng “Yoshlar uyi”ning oldi obodonlashtirildi

'Murojaatdan so`ng “Yoshlar uyi”ning oldi obodonlashtirildi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro shahrining “Piridastgir” ko`chasidagi toifalangan 11-sonli (sobiq “Kamolot”) “Yoshlar uyi”da istiqomat qilayotgan aholi nomidan murojaat tarqatilgan.

 Unda yo`l ta`mirtalab va chiqindi-ahlat bilan ifloslangani, bu hol shu yaqindagi 8- va 34-maktablar, 32-sonli “Mehribonlik uyi” ekologiyasini buzayotgani, avvalo, atrof-muhit tozaligiga, shu erdan o`tgan “Shohrud” arig`idagi antisanitar manzaraga mas`ul korxonalar, jumladan, 41-sonli mahalla mutasaddilari panja orasidan qarab kelayotganliklari tanqid qilingan.

Mazkur masala Buxoro shahar hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish boshqarmasi hamda 80 nafar ishchi-xizmatchisiga ega 1-uchastka, qolaversa, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida nazorat organi Buxoro shahar inspeksiyasi hamkorligida o`rganilib, ahvolni o`nglash choralari ko`rildi.

 Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari hududda obodonlashtirish ishlarini boshlab yuborishgan.

Shu o`rinda Obodonlashtirish boqarmasining bir mulohaza keltirmoqdamiz.

 O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasida barcha huquq va erkinliklarimiz mustahkam kafolatlab qo`yilgan. Albatta, biz ulardan hech qanday moneliksiz foydalanishimiz mumkin. Konstitusiyada bajarishimiz majburiy bo`lgan fuqarolik burchlarimiz ham o`z aksini topgan. Ammo ko`pincha biz huquq va erkinliklarimizdan foydalanishni, ularni talab qilishni yaxshi bilamiz-u, lekin fuqarolik burchlarimizni bajarishda ba`zan beparvolik qilamiz. Yashayotgan manzilimizni toza-ozoda tutish, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, uning musaffoligini asrash masalasi ham birinchi galdagi fuqarolik burchimiz sanaladi.

    Boshqa yangiliklar