AsosiyJamiyat

“Buxorogazsanoatqurilish” AJning 33 mlrd. so`mlik debitorlik qarzi “Uzbekneftegaz”dan undirib berildi

'“Buxorogazsanoatqurilish” AJning 33 mlrd. so`mlik debitorlik qarzi “Uzbekneftegaz”dan undirib berildi'ning rasmi

Savdo-sanoat palatasi Buxoro hududiy boshqarmasi tomonidan 2019-yilning oktyabr oyida “Buxorogazsanoatqurilish” AJ manfaatida Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudiga “Uzbekneftegaz” AJga nisbatan  33 mlrd. so`m miqdoridagi debitorlik qarzini undirib berish yuzasidan da`vo arizasi kiritildi.

SSP tomonidan kiritilgan da`vo arizasi to`liq qanoatlantirilib, “Buxorogazsanoatqurilish” AJning huquqiy manfaatlari tiklanishiga erishildi.

“Buxorogazsanoatqurilish” aksiyadorlik jamiyatining Savdo-sanoat palatasiga yozgan minnatdorchilik xatiga ko`ra, mazkur debitorlik qarzining undirilishi tufayli “Buxorogazsanoatqurilish”aksiyadorlik jamiyatining byudjet oldidagi 13 mlrd. so`mdan ziyod soliq qarzlari, shu bilan birga ishchi xodimlarning 3 oylik ya`ni 9 mlrd. so`mdan ortiq oylik ish haqlari qoplandi.

“Agar sizning faoliyatingizda shunga o`xshash muammolar bo`lsa Savdo-sanoat palatasiga murojaat etishingiz mumkin”, — deyiladi SSP Axborot-xizmati xabarida.

    Boshqa yangiliklar