AsosiyJamiyat

Bir kunda tashkilotlardan 6,5 mlrd. so`m qarzdorlik undirildi

'Bir kunda tashkilotlardan 6,5 mlrd. so`m qarzdorlik undirildi'ning rasmi

Sud xujjatlari va  boshqa organlar hujjatlari ijrosini ta`minlash jarayonida soliq qarzlarini undirishga ham alohida e`tibor qaratilib, undirishning bir kunida 6,5 milliard so`mdan ortiqroq mablag`lar undirildi, deya xabar berdi MIB.

Jumladan, "Minora qurilish ekspedisiyasi" MChJdan 688 million, "Texnik ta`minlash butlash" MChJdan 3 milliard, "Texnologik trans" AJdan 1 milliard 500 million, "Neft va gaz quduqlarini sinash" AJdan 420 million, "Geoburneftgaz servis" MChJdan 313 million so`m, jami 5 milliard 703 million so`m soliq qarzdorligi va 182 million 128 ming so`m ijro yig`imi undirilib, tegishli hisob raqamlarga to`liq o`tkazildi.

Shuningdek, 4 million so`mdan ziyod ma`muriy jarimalar  to`landi.

Bundan tashqari, "Masonry group" MChJdan ham 32 million so`m soliq qarzdorligi, ijro yig`imi va ma`muriy jarimalar undirildi

    Boshqa yangiliklar