AsosiyJamiyat

O`zbekiston dunyoning eng xavfsiz mamlakatlari qatorida

'O`zbekiston dunyoning eng xavfsiz mamlakatlari qatorida'ning rasmi

“Global Terrorism Index — 2019” reytingida terrorizm xavfi darajasi bo`yicha O`zbekiston 2018 yilga nisbatan o`z pozisiyasini uch pog`onaga oshirdi va 2019 yilda 132 o`rindan 135 o`ringa ko`tarilib, dunyoning eng xavfsiz mamlakatlari qatorida qoldi. Bu haqda “Taraqqiyot strategiyasi“ markaziga tayanib O`zA xabar bermoqda.

Reytingdan dunyoning 160 mamlakati terrorizmning xavflilik darajasi bo`yicha o`rin olgan. Shuningdek, eng xavfsiz davlatlar qatorida Turkmaniston va Belorussiya (138 o`rin) tan olingan. Estoniya 123 o`rinni, Latviya 117, Litva 107, Ozarbayjon 103, Gruziya 90, Qirg`iziston 87, Qozog`iston 85, Tojikiston 50 o`rinni egallamoqda.

Rossiya Federasiyasi esa terroristik xavf bo`yicha 4,9 ballni qayd etib, reytingning 37 o`rnini to`ldirib turibdi.

 

 

    Boshqa yangiliklar