AsosiyJamiyat

Qoraqalpog`istonda “Ellikqal`a – turizm o`chog`i” xalqaro anjumani o`tkaziladi

'Qoraqalpog`istonda “Ellikqal`a – turizm o`chog`i” xalqaro anjumani o`tkaziladi'ning rasmi

22 yanvar kuni Qoraqalpog`iston Respublikasining “Ellikqal`a” tumanida “Ellikqal`a – turizm o`chog`i” nomli xalqaro ilmiy, iqtisodiy va madaniy-ta`lim anjumani bo`lib o`tadi. Bu haqda "O`zbekturizm" qo`mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Anjuman mamlakatning madaniy-tarixiy ob`ektlarini asrash, ularni rekonstruksiya qilish, qayta tiklash va ko`p asrli tariximizni barchaga, jumladan O`zbekistonga tashrif buyurgan sayyohlarga ham namoyish qilishga yo`naltirilgan.

Tadbir doirasida hududning madaniy-tarixiy obidalari namoyish etilib, ularning ahamiyati haqida so`z yuritiladi.

“Ellikqal`a – turizm o`chog`i” xalqaro ilmiy, iqtisodiy va madaniy-ta`lim anjumani innovasion loyihalarni amalga oshirish bilan shug`ullanuvchi “Hamkor Stimul Servis” ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi, Madaniyat vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Fanlar akademiyasi, Innovasion rivojlanish vazirligi hamkorligida o`tkaziladi.

    Boshqa yangiliklar