Toshkent viloyati IIBB Jinoyat qidiruv boshqarmasi tezkor xodimlari tomonidan 9 yanvar kuni Yangiyo`l shahrida o`tkazilgan tadbirda, fuqaro Z.T. qo`lga olinib, undan taxminiy narxi 45 million so`mlik jami 80 ta konvalyutada 1 120 dona «Regapen» hamda 250 quti «Tropikamid» kuchli ta`sir qiluvchi moddalar ashyoviy dalil sifatida olingan. Bu haqda Toshkent viloyati IIBB Axborot xizmati xabar berdi.
Tezkor tadbir davomida Samarqand viloyati Bulung`ur tumanida ro`yxatda turib, vaqtincha Yangiyo`lda yashayotgan, xususiy dorixona ish boshqaruvchisi 1991 yilda tug`ilgan fuqaro Z.T. yashash xonadoni oldida, xolislar ishtirokida ko`zdan kechirilganida, qora rangli charm sumka va polietilen paket ichida 40 ta konvalyutaning har birida 14 donadan jami 560 dona «Regapen» va 175 dona «Tropikamid» kuchli ta`sir qiluvchi moddalar sotish maqsadida saqlab yurganligi aniqlanib ushlangan.
Olib borilgan surishtiruv davomida u dori vositalarini bir qismini vaqtincha yashab turgan uyida saqlab kelayotganligini ma`lum qilgan. Shundan so`ng, uning xonadonidan yana 40 ta konvalyutaning har birida 14 donadan jami 560 dona «Regapen» va 75 dona «Tropikamid» kuchli ta`sir qiluvchi moddalar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan fuqaro Z.T.ga nisbatan Jinoyat kodeksining
251(1)-moddasi «Kuchli ta`sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish» 3-bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.






