AsosiyJinoyat

Qarshida “avtomobil bozori” rahbarlarining kirdikorlari fosh bo`ldi

'Qarshida “avtomobil bozori” rahbarlarining  kirdikorlari fosh bo`ldi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qarshi shahar bo`limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o`tkazildi...

Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo`limi boshlig`i Hayot ShAMSUTDINOV "darakchi.uz"ga xabar qildi.

Qarshi shahar “Ixtisoslashtirilgan avtomobillar bozori” MChJ rahbari B.A. va boshqalar 2015-2018 yillar va 2019 yilning 10 oyi davomida bozorda faoliyat yurituvchi xo`jalik yurituvchi sub`ektlardan undirilgan 3,5 mlrd. so`m ijara to`lovlarining 1,3 mlrd. so`mini o`zlarining shaxsiy manfaatlari yo`lida ishlatishib, talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan B.A. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar