1

Qashqadaryoda ikki kunligida o`lgan chaqaloqning qabri nega 4 oy o`tib ochildi?

Jamiyat 22.01.2020, 09:29
Qashqadaryoda ikki kunligida o`lgan chaqaloqning qabri nega 4 oy o`tib ochildi?

Ijtimoiy tarmoqlarda F.Normurodova marhum nabirasining jasadi eksgumasiya qilinmasdan o`limiga sababchi bo`lgan shaxslar himoya qilinayotganligi mazmunida murojaat e`lon qilgan. Ushbu holat Qashqadaryo viloyat prokuraturasi tomonidan o`rganildi. Bu haqda “darakchi.uz”ga Bosh prokuratura Matbuot xizmati ma`lum qildi. 

Aniqlanishicha, Koson tumani, “Shaboda” ko`chasida yashovchi G.Qayumovaning 2019 yil 14 oktyabrda tug`ilgan farzandi A.Qaxxorovning 2019 yilning 16 oktyabr kuni vafot etganligi holati yuzasidan 02.12.2019 yilda Koson tumani prokuraturasi tomonidan JKning 116-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Jinoyat ishi yuzasidan marhumning o`limi sababini aniqlash maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlanib, 04.12.2019 yilda murdani eksgumasiya qilish to`g`risida jinoyat ishlari bo`yicha Koson tumani sudi ajrimi chiqarilgan. 

Koson tumani prokuraturasi tomonidan eksgumasiya qilish to`g`risidagi sud ajrimining ijrosini ta`minlashga F.Normurodova qarshiligini bildirganligi sababli, bu haqda 04.12.2019 yilda bayonnoma rasmiylashtirilgan. 

Tibbiyot xodimlarining aybdorlik masalasini marhumning o`limi sababini aniqlamasdan turib hal etish imkoniyati  bo`lmaganligi sababli murdani eksgumasiya qilish 2020 yilning 17 yanvar kuniga belgilangan. 

Shu kuni, tezkor-tergov guruhi va ekspertlar ishtirokida qabristonga borilganda F.Normurodova murdani eksgumasiya qilishga faol qarshilik ko`rsatgan va bu holat tegishli tartibda videotasvirga olingan.

F.Normurodova murdani eksgumasiya qilishga qarshilik ko`rsatib, sud ajrimini ijro etishga o`zi tomonidan to`sqinlik ko`rsatilganligiga qaramasdan, internet tarmoqlarida organ xodimlari nabirasining jasadini eksgumasiya qilmasdan nabirasining o`limiga sababchi bo`lgan shaxslarni himoya qilishayotgani haqidagi noto`g`ri ma`lumotlarni tarqatgan.

Hozirda jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari viloyat prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda.

Tergov harakatlari natijasiga ko`ra qonuniy qaror qabul qilinishi ta`minlanadi. 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1