AsosiyJamiyat

Notariuslar faoliyati baholandi: 434 nafari “yaxshi” deb topildi, qoniqarli va talabga javob bermaydiganlari ham aniqlandi

'Notariuslar faoliyati baholandi: 434 nafari “yaxshi” deb topildi, qoniqarli va talabga javob bermaydiganlari ham aniqlandi'ning rasmi

Adliya vazirligi tomonidan 2019 yilning II yarim yillik davomida notariuslarning ish faoliyati sifati ushbu jarayonga uchinchi shaxslar aralashuvini istisno etuvchi avtomatlashtirilgan elektron dastur orqali baholandi.

Adliya vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo`limining ma`lum qilishicha, sifatni baholashda notarial harakatlar soni, notariusning xizmat faoliyatiga oid ma`lumotlar va uning faolligi kabi mezonlar asos qilib olindi.

Baholash natijalari ko`ra jami 786 nafar notariuslardan 116 nafari faoliyati “a`lo”, 434 nafari faoliyati “yaxshi”, 198 nafari faoliyati “qoniqarli” va 38 nafari faoliyati esa “talabga javob bermaydi” deb baholandi.

Baholash reytingida dastlabki 3 ta eng yuqori o`rinni Xorazm, Toshkent va Surxondaryo viloyatlarida faoliyat ko`rsatayotgan notariuslar egalladi:

* 1-2. Raxmanova Iroda Kadrovna – Xorazm viloyati Urganch shahar 9-son DNI notariusi – 92 ball (maksimal 100 balgacha);

* 1-2. Abduxalikov Odil Abdunishanovich – Toshkent viloyati Bekobod shahar 1-son DNI notariusi – 92 ball;

* 3. G`affarov Bekzod Xamrokulovich – Surxondaryo viloyati Termiz shahar 1-son DNI notariusi – 90 ball.

“Talabga javob bermaydi” deb baholangan 38 nafar notariuslarning 33 nafari Toshkent shahrida, 1 nafardan Samarqand, Andijon va Namangan viloyatlarida faoliyat yuritadi. 

Reytingda so`nggi uch o`rinni egallagan notariuslar:

* 786-785. Maksudova Nafisaxon Alisherovna – Toshkent shahar Mirobod tuman 6-son DNI notariusi – 40 ball;

* 786-785. Tursunqulov Baxodir Djumanovich – Namangan viloyati Namangan shahar 6-son DNI notariusi – 40 ball;

* 784. Madalieva Sayyora Satinovna – Toshkent shahar Chilonzor tuman 2-son DNI notariusi – 44 ball. 

Barcha davlat idoralari kabi notariuslar faoliyatida ham uyma-uy yurish tizimi joriy etilgan bo`lib, bu borada ular tomonidan salmoqli ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

2019 yil davomida respublika bo`yicha jami 3 958 014 ta notarial harakat amalga oshirilib, o`tgan yilga nisbatan 460 317 taga yoki 10,7 foizga kamaygan bo`lsa, sayyor notarial harakatlar soni 21 206 taga yoki 89 foizga oshgan.

Adliya vazirligi tomonidan ish faoliyati “a`lo” deb topilgan notariuslarni rag`batlantirib borish hamda “talabga javob bermaydi” deb baholangan notariuslar faoliyatini yaxshilash choralarini ko`rish va profilaktik ishlarni amalga oshirish tizimi yaratildi.

Reytingning to`liq ro`yxati bilan www.minjust.uz sayti orqali tanishishingiz mumkin

Hozirgi kunda vazirlik tomonidan notariuslar faoliyatini bevosita  fuqarolar tomonidan notarial xizmatlarni olish vaqtida baholash tizimini joriy etish bo`yicha ishlar amalga oshirilmoqda.

Notariuslari faoliyati baholash bo`yicha takliflaringizni info@minjust.gov.uz elektron pochtasiga yo`llashingiz mumkin.

    Boshqa yangiliklar