Kuni kecha, SSV Xitoyda aniqlangan virus boshqa davlatlar hududlariga ham tarqalayotgani haqida xabar bergan edi. Bugun ma`lum bo`lishicha, o`limga olib keladigan 2019-nCoV koronavirus bilan xastalanish hodisasi endi AQShda ham qayd etildi, deb yozadi Independent gazetasi.
Virus Sietl shahriga kelgan xitoylik sayyohda aniqlangan, deb ma`lum qildi shahar hokimiyati. Ushbu xabarni “The Wall Street Journal” ham tasdiqlamoqda.
So`nggi ma`lumotlarga qaraganda, ushbu kasallikdan hozirgacha olti kishi vafot etgan
Ma`lumot o`rnida:
Kasal boshlanganda uning birinchi alomatlari — harorat ko`tarilishi, charchoq va yo`tal bilan kechadi. Insondan insonga o`tuvchi ushbu virus Xitoydan tashqarida, Janubiy Koreya, Yaponiya va Tailandda ham aniqlangan.