Marg`ilonda marxum turmush o`rtog`iga tegishli bo`lgan 50 dona 5.6 kalibrli patronlarni topib olgan fuqaro, o`z ixtiyori bilan ularni IIBga topshirdi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar qilmoqda.
2020 yil 09 yanvar kuni Marg`ilonlik X.M ismli ayol Marg`ilon shahar IIB boshlig`i nomiga ariza bilan murojaat qilgan. U arizasida 2020 yil 9 yanvar kuni yashash uyi yotoqxonasidagi javon ichidan marxum turmush o`rtog`iga tegishli bo`lgan 50 dona 5.6 kalibrli patronlarni topib olganligi bildirib, ushbu patronlarni o`z ihtiyori bilan Marg`ilon shahar IIB xodimlariga topshirgan.
Hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.






