Ijtimoiy tarmoqlarda andijonlik Munira Usmonova ikki nafar yosh go`dagi bilan Moskvada ko`chada qoldi, mazmunida xabar tarqalgan edi.
Ushbu xabarlarda qayd etilishicha, olti yil avval eriga ishonib Rossiyaga borgan ayolning hozir ahvoli tang: katta shaharda na biron tanishi, qo`lida na o`zining, va farzandlarining hujjati bor, na oziq-ovqati va na puli bor.
O`zAga O`zbekiston Xotin-qizlar qo`mitasidan ma`lum qilishlaricha, ushbu ayol masalasi nazoratga olingan. Moskvadagi O`zbekiston konsulligiga rasmiy xat yuborilib, M.Usmonovaning hujjatlarini to`g`irlash va uni yurtimizga qaytarish choralarini ko`rish so`ralgan. Shu bilan birga, ayolga va yana boshqa zarur moddiy va ma`naviy yordam ko`rsatish imkoniyatlari ham ko`rilmoqda.






