AsosiyJamiyat

Xitoyda virus tarqalishini tekshirayotgan shifokorning o`zi ham kasallikni yuqtirib oldi

'Xitoyda virus tarqalishini tekshirayotgan shifokorning o`zi ham kasallikni yuqtirib oldi'ning rasmi

Xitoyning markazida joylashga Vuhan qismida yangi xavfli virusning tarqalishini o`rganayotgan shifokor Vang Guangfaning o`zi ham kasallikni yuqtirganini aytdi. Bu haqda Tarjimon.uz xabar bermoqda.

Pekin universitetining birinchi kasalxonasida bo`lim boshlig`i Vang Guangfa shu oyning boshida virus paydo bo`lgan Vuxanga tashrif buyurgan ekspertlar guruhining a`zolaridan biri edi.

«Menga tashxis qo`yildi va ahvolim yaxshi», dedi Vang seshanba kuni va u uchun tashvishlanayotgan odamlarga minnatdorchilik bildirdi.

Ma`lumot uchun, Xitoyda tarqalayotgan koronavirusni yuqtirganlar 300 kishidan oshdi va undan 6 nafar kishi vafot etgan. Kasal bo`lganlar orasida o`n besh nafar tibbiyot xodimi ham bor.

    Boshqa yangiliklar