AsosiyJamiyat

Ozodbek Nazarbekov Madaniyat vaziri lavozimiga ma`qullandi

'Ozodbek Nazarbekov Madaniyat vaziri lavozimiga ma`qullandi'ning rasmi

Avval xabar berganimizdek, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining barcha qo`mitalarida yangi tarkibdagi Hukumat a`zoligiga nomzodlarni ko`rib chiqish va ma`qullash masalalari muhokama qilindi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining qo`mitalari yig`ilishlarida Hukumat a`zosining lavozimiga nomzodlar xalq vakillariga O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining harakatlar dasturi bilan o`zaro bog`liq bo`lgan, istiqbolga mo`ljallangan maqsadli ko`rsatkichlar va vazifalarga erishish borasidagi huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy, tashkiliy-texnik chora-tadbirlarni nazarda tutuvchi o`z harakatlar rejasini taqdim etdilar.

Transport vazirligiga nomzod E.G`aniev, Madaniyat vazirligiga nomzod Ozodbek Nazarbekov, Turizmni rivojlantirish bo`yicha davlat qo`mitasi raisi lavozimiga esa Aziz Abduhakimov nomzodi dastlabki tarzda ko`rib chiqilib ma`qullandi.

Eslatib o`tamiz, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining yalpi majlisida ham Hukumat a`zoligiga nomzodlar ko`rib chiqiladi, deya xabar qildi O`zA.

             

    Boshqa yangiliklar