2020 yil 3-5 mart kunlari Samarqand shahrida mamlakatimiz diniy-ma`rifiy muassasalari va Misr Arab Respublikasining Al-Azhar majmuasi o`zaro hamkorlikda: “Imom Abu Mansur Moturidiy va moturidiya ta`limoti: o`tmish va bugun” mavzusida xalqaro konferensiya o`tkazish rejalashtirilgan.
Ushbu anjuman Imom Moturidiy merosini yanada chuqur o`rganish, moturidiylik ta`limotining buzg`unchi oqimlarga qarshi mohiyatini ochib berish hamda O`zbekistonning “Buyuk allomalar yurti” sifatidagi Islom sivilizasiyasiga qo`shgan bebaho hissasi va mavqeini jahon miqyosida keng targ`ib etish maqsadida tashkil etiladi.
Anjuman natijasi bo`yicha ilmiy maqolalar to`plami nashr etiladi. Anjuman mavzusi, ilmiylik va nashr etish talablariga javob bermagan maqolalar chop etilmaydi va egasiga qaytarilmaydi.
Maqolalarni qabul qilish 2020 yil 15 fevralga qadar davom etadi, deya xabar beradi O`zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati.






