AsosiyJamiyat

Senat aholini qiynayotgan muammolarni hal etishning samarali tizimini yaratishga xizmat qiladi

'Senat aholini qiynayotgan muammolarni hal etishning samarali tizimini yaratishga xizmat qiladi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboeva O`zbekistonda parlamentning yuqori palatasi - Senatning shakllangan yangi tarkibi to`g`risidagi mulohazalari bilan o`rtoqlashdi.

“Qadrli yurtdoshlar,

Biz tarixiy davrda yashamoqdamiz. Yangilanayotgan O`zbekistonimizda parlamentning yuqori palatasi - Senatning yangi tarkibi shakllandi.”

U shuningdek Senat a`zolarining 25 foizini ayollar tashkil etgani hamda Senatning kelgusi faoliyati haqida ham o`z fikrini bildirdi:

“Senat a`zolari tarkibi yuqori salohiyatga, chuqur bilimga va katta xayotiy tajribaga ega professional kadrlardan iborat. Eng quvonarlisi, ularning 25 foizi xotin-qizlarni tashkil etishi ko`plab ijtimoiy sohalarda to`planib qolgan muammolar echimiga ijobiy ta`sir qilishi, shubhasiz.

Senat faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida mutlaqo yangi tizimni shakllantiramiz.
Jamiyatimizning barcha sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlarimizning mustahkam qonunchilik bazasini yaratish va eng muhimi, uning ijrosini yo`lga qo`yishda parlament va deputatlik nazoratini ta`minlash - Senatning ustuvor yo`nalishlaridan biri bo`ladi.

Maqsadimiz aniq. Senat aholini qiynayotgan muammolarni hal etishning samarali tizimini yaratishga va xalqimiz turmush farovonligini yanada oshirishga xizmat qiladi.”

    Boshqa yangiliklar