Toshkent xalqaro aeroporti orqali Dehliga parvozi oldidan “yashil” yo`lak orqali chiqib ketayotgan yo`lovchining bezovtalanishi bojxonachilar diqqatini tortdi.
Shundan so`ng ushbu shaxs belgilangan tartibda va xolislar ishtirokida ko`zdan kechirilganida, uning kamari aslida tilladan ishlangani fosh bo`ldi, deya xabar beradi DBQ rasmiy axborot kanali.
Bojxona xodimlarini chalg`itishga uringan ushbu shaxs 122 gr. og`irlikdagi tilla quyma bo`lagini go`yoki kamarning to`qa qismi sifatida olib chiqmoqchi bo`lgan ekan.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko`ra, yashirincha olib chiqishda to`xtatib qolingan quyma oltinning qiymati salkam 56 million so`mni tashkil qildi.
Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.






