AsosiyDunyo

Koronavirus: kasallanganlar 444 nafarga, qurbonlar esa 17 kishiga etdi

'Koronavirus: kasallanganlar 444 nafarga, qurbonlar esa 17 kishiga etdi'ning rasmi

Xitoyda tarqalgan 2019-nCoV koronavirus keltirib chiqargan pnevmaniya xastaligidan qurbon bo`lganlar soni 17 kishiga etdi. Bundan atigi bir ikki kun avval qurbon bo`lganlar soni olti kishiga etdi, deb aytilayotgan edi.

Chorshanba kuni Xubey viloyatining sog`liqni saqlash ishlari bo`yicha qo`mitasi rahbari Yan Yunyan matbuot anjumanida ushbu ma`lumotni e`lon qildi.

“Mahalliy vaqt bilan 20:00 da Xubey viloyatida ushbu xastalik bilan og`riganlar soni 444 kishiga etgan, 17 kishi ofat qurboniga aylangan, deyiladi mazkur xabarda.

Eslatib o`tamiz, mavjud vaziyatdan kelib chiqqan holda TIV Konsullik-huquqiy departamenti xorijdagi bo`lib turgan yoki chet elga, xususan Xitoyga borishni rejalashtirayotgan vatandoshlarimizni zaruriy ehtiyot choralarini ko`rishga chaqiradi.

    Boshqa yangiliklar