AsosiyJamiyat

Navoiyda nodavlat ta`lim muassasasi rahbarlarining kirdikorlari fosh bo`ldi

'Navoiyda nodavlat ta`lim muassasasi rahbarlarining kirdikorlari fosh bo`ldi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Navoiy viloyat boshqarmasi tomonidan tezkor tadbir o`tkazildi, deya “darakchi.uz”ga ma`lum qildi Bosh prokuratura Matbuot xizmati. 

Tadbirda “A.ch.m.” nodavlat ta`lim muassasasi rahbari Sh.F. va ish boshqaruvchisi B.S.lar fuqaro R.S.ni aldab, Moskva xalqaro akademiyasiga o`qishga kiritish evaziga ko`rsatilgan konsalting xizmati va akademiyaning bir yillik kontrakt to`lovi sifatida undan 11,1 mln. so`m pullarni firibgarlik yo`li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. 

Shuningdek, ushbu holat yuzasidan o`tkazilgan tekshiruvda, ta`lim muassasasining asosiy faoliyat turi maktabdan tashqari ta`lim hamda kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash bo`lsa-da, muassasa mansabdor shaxslari ruxsat etilmagan boshqa faoliyat bilan shug`ullanib kelgan. Ya`ni muassasa rahbarlari fuqarolarni Rossiya Federasiyasining Moskva xalqaro akademiyasi va boshqa Oliy o`quv yurtlariga o`qishga kiritish va o`qitish vaji bilan ularning ishonchiga kirib, 38 nafar fuqarolarning 271,3 mln. so`m pul mablag`larini qo`lga kiritganliklari aniqlangan. 

Mazkur holat yuzasidan Sh.F. va B.S.larga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar