Har yili jahon mamlakatlarining demokratiya indeksini tayyorlab boradigan Britaniyaning The Economist Intelligence Unit tadqiqotlar tashkiloti 2019 yil uchun davlatlar reytingini e`lon qildi. Reytingga jami 165 ta mamlakat hamda Gonkong va Falastin avtonom hududlari kiritilgan.
"Demokratiya indeksi" reytingini 9,87 ball bilan 2019 yilda ham Norvegiya boshqargan. Keyingi o`rinlar Islandiya (9,58 ball) va Shvesiyaga (9,39 ball) nasib qildi. Ro`yxatning so`nggi pog`onasidan 1,08 ball bilan KXDR o`rin egallagan. O`zbekiston ushbu reytingda 2018 yilda qayd etgan 2,01 ballik (bir yil avval 2018 yilda 156-pog`onani band etgandi) natijasini takrorlab 157-o`rinda qayd etildi.
Markaziy Osiyo davlatlari orasida O`zbekistondan yuqori o`rinlarda Qirg`iziston (4,89 ball, 101-o`rin), Qozog`iston (2,94 ball, 139-o`rin) va Afg`oniston (2,85 ball, 142-o`rin) qayd etilgan. Tojikiston 160-o`rinni, Turkmaniston esa 162-o`rinni egallagan.
Rossiya (134-o`rin) va Xitoy (153-o`rin) kabi katta mamlakatlar ham reytingda quyi pog`onalarda qayd etilgan. Dunyo etakchilari orasida AQSh 25, Fransiya 20, Buyuk Britaniya 14 va Germaniya 13-o`rinlarni band qilgan.
The Economist Intelligence Unit «Demokratiya indeksini» 2006 yildan beri e`lon qilib keladi. 2019 yilda butun dunyodagi o`rtacha demokratiya indeksi so`nggi 13 yillikda eng yomon natija — 5,44 ball reytingga ega deb topildi.






