AsosiyJamiyat

Toshkentda juda katta miqdordagi soliqni to`lamagan korxona rahbarlariga nisbatan jinoyat ishi ochildi

'Toshkentda juda katta miqdordagi soliqni to`lamagan korxona rahbarlariga nisbatan jinoyat ishi ochildi'ning rasmi

Yog`och mahsulotlari bilan shug`ullanuvchi korxona tomonidan juda ko`p miqdordagi soliqlarni yashirish holati aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati ma`lum qildi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o`tkazildi. Unda, “G.-T.” MChJ mansabdor shaxslari 2019 yilning mart-avgust oylarida chet davlatlardan import qilingan 10,4 mlrd. so`mlik taxta va yog`och mahsulotlaridan 9,8 mlrd. so`mligini naqd pulga sotib, savdodan tushgan pullarni bank muassasasiga topshirmaganliklari aniqlandi. Shuningdek, ular byudjetga to`lanishi lozim bo`lgan 393,2 mln. so`m soliqlarni to`lashdan qasddan bo`yin tovlaganliklari ma`lum bo`ldi.

Mazkur holat yuzasidan MChJ mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar