Bugun O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligida "Davgeodezkadastr" qo`mitasi rahbariyati tomonidan tashkil etilgan brifingda sohadagi onlayn-auksion tizimi haqida ma`lumotlar berildi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 26 avgustdagi “Qishloq xo`jaligiga mo`ljallanmagan bo`sh turgan er uchastkalarini berish hamda arxitektura-qurilish ishlarini amalga oshirish tartib-taomillarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida” PQ-4427-son qaroriga muvofiq tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun er uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali berish tartibi to`g`risida nizom tasdiqlandi.
Bundan tashqari, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 20 dekabrdagi 1023-son qarori bilan “Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun er uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali berish tartibi to`g`risida” nizom tasdiqlandi.
Mazkur qaror va nizomga muvofiq, qishloq xo`jaligiga mo`ljallanmagan bo`sh turgan er uchastkalari tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun doimiy foydalanishga beriladi.
Jismoniy va yuridik shaxslarga aniq investisiya majburiyatlari bilan birga er uchastkasi va rejalashtirilayotgan qurilish ob`ekti to`g`risidagi ma`lumotlarni keyinchalik ularni elektron onlayn-auksionga qo`yish masalasini belgilangan tartibda ko`rib chiqish uchun joylashtirishga takliflar kiritish huquqi bo`yicha qo`shimcha modul ishlab chiqilgan bo`lib, ushbu modul e-kadastr.uz manzilida joylashtirilgan. Ushbu manzil orqali yuborilgan arizalar O`zbekiston Respublikasi er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri Davlat qo`mitasining avtomatlashgan tizimi i-intizom tizimiga kelib tushadi. Er uchastkasini tanlash materiallari “Davergeodezkadastr” qo`mitasi hududiy qurilish bosh boshqarmalari, tuman (shahar)lar qurilish bo`limi bo`lim bilan hamkorlikda tayyorlanadi.
Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan ma`lumotlar kelib tushgan kundan besh ish kuni mobaynida qonunchilikda nazarda tutilgan zarur materiallar tayyorlanadi.
Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan o`zlarining arizalarining jarayoni to`g`risidagi ma`lumotga ega bo`lish uchun Telegram bot (ijrobot) yaratilgan ushbu botga kirish uchun qidirish tugmasiga @geoijro_bot kalit so`zini yozish yo`li bilan aniqlik kiritish imkoniyati yaratilgan.