AsosiyJamiyat

Uychi tuman XTB mudiri yig`ilishda xodimlarga aytgan madaniyatsiz gaplari uchun uzr so`radi

'Uychi tuman XTB mudiri yig`ilishda xodimlarga aytgan madaniyatsiz gaplari uchun uzr so`radi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlar orqali Uychi tumani xalq ta`limi bo`limi mudiri Shuhratjon Muradovning umumta`lim maktablari rahbarlari va tizim xodimlari ishtirokidagi yig`ilishda o`ta qo`pollik,madaniyatsizlik bilan qilgan muomalasi aks etgan videolavha yoritilgan edi. Ko`plab tanqidlarga sabab bo`lgan mazkur holat bo`yicha Namangan viloyat xalq ta`limi boshqarmasi Axborot xizmati rasmiy izoh berdi.

Keltirilishicha, ushbu lavha 2018 yil sentyabr oyida tumandagi bir maktabga yangi rahbar qo`yilayotgan paytda yozib olinganligi ma`lum bo`ldi. 

Uychi tuman xalq ta`limi bo`limi mudiri vazifasida yangi ish boshlagan Sh.Muradov ayrim ta`lim muassasalarida keyingi paytda noqonuniy pul yig`ish, tug`ilgan kun va turli tadbirlar tashkil etish kabi salbiy holatlar  ko`pchilikning e`tiroziga sabab bo`layotgani, bu aynan ta`lim xodimlariga xos emasligini ta`kidlab, yig`ilishda ishtirok etayotgan  rahbar va xodimlarga yuqoridagi holatlarga birgalikda kurashish zarurligini aytgan. Lavhadagi qo`pol va madaniyatsiz muomala yangi rahbar qo`yilayotgan maktab jamoasi yoki biror shaxsga nisbatan emas, balki umumiy tarzda misol tariqasida keltirib o`tilgan.

Uychi tuman xalq ta`limi bo`limi Sh.Muradov yig`ilish o`tkazilgan maktabda bo`lib, rahbarlik etikasiga  rioya etmaganligi uchun jamoadan uzr so`radi. 

 

    Boshqa yangiliklar