AsosiyJamiyat

O`zbekistonga noqonuniy olib kirilgan lampochkalar Sergelida qo`lga olindi

'O`zbekistonga noqonuniy olib kirilgan lampochkalar Sergelida qo`lga olindi'ning rasmi

 Sirg`ali tumanida o`tkazilgan tezkor tadbir davomida, fuqaro K.F.ga tegishli yuk avtomashinasi to`xtatilib, belgilangan tartibda bojxona ko`rigidan o`tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo`mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.

 Natijada, avtomashina yukxonasida bojxona rasmiylashtiruvidan o`tkazilganligini tasdiqlovchi hujjatlari bo`lmagan, xorijda ishlab chiqarilgan turli quvvatli salkam 5000 dona  cho`g`lanma lampochkalar borligi aniqlandi.

 Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

 

 

    Boshqa yangiliklar