2020/2021 o`quv yilidan Toshkentda Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti filiali ish boshlaydi.
Bu borada shartnoma shu yilning 21 yanvar kuni Sankt-Peterburg shahrida O`zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta`lim, Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirliklari vakillari hamda Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti o`rtasida imzolandi.
Uchrashuvda O`zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta`lim vaziri Agrepina Shin rahbarligidagi delegasiyasi, Oliy va o`rta maxsus ta`limi vaziri o`rinbosari U.Begimkulov va Rossiya Federasiyasi Prezidenti boshqarmasining xorijiy mamlakatlar bilan mintaqalararo va madaniy aloqalar bo`yicha departamenti boshlig`i A.V.Vlasov ishtirok etdi.
O`zbekistonda tashkil etiladigan filialda talabalar maktabgacha ta`lim, korreksion pedagogika va psixologiya ta`lim yo`nalishlarida tahsil oladi.
Filial bitiruvchilariga Gersen nomidagi RDPUni tugatganligi to`g`risida diplom beriladi. Diplom O`zbekiston Respublikasida oliy ta`lim to`g`risidagi hujjat sifatida tan olinadi.






