Koson tumanida joylashgan jami 68 ta mahallada uy kutubxonasi tashkil etiladi. Bu haqda Xalq deputatlari Koson tumani kengashining VI-chaqiriq ikkinchi sessiyasida ma`lum qilindi.
Koson tumani hokimligi majlislar zalida o`tkazilgan sessiyada bir qator masalalar ko`rib chiqildi.
Jumladan, 2019 yil davomida tumandagi cektorlar, tashkilotlar rahbarlari faoliyati va murojaatlar bilan ishlash holati to`g`risida hisobotlar eshitildi.
Tumanda 5 ta tashabbusni yoshlar o`rtasida keng targ`ib qilish bo`yicha takliflar o`rtaga tashlandi.
Unga ko`ra, mahallalarda kutubxonalar tashkil etilishi bilan birga mahalliy byudjetdan yo`naltirilgan mablag`lar evaziga umumta`lim maktablariga musiqa asboblari, sport jihozlari, badiiy adabiyotlar etkazib berish ishlarini samarali tashkil qilish aytildi.
Shuningdek, Tuman aholisi, ayniqsa yoshlar ma`naviyatini yuksaltirish, kitobxonlikni targ`ib qilish maqsadida 100 ming dona o`zbek va jahon adabiyotlarini etkazib berish ham taklif etildi.
Eslatib o`tamiz, Qashqadaryo viloyati hokimi poytaxtda faoliyat yuritayotgan qashqadaryoliklar bilan uchrashish asnosida o`z qishlog`ida kutubxona qurmoqchi bo`lganlar uchun hokimlik kamida 5 million so`mlik badiiy adabiyot etkazib berishini ma`lum qilgandi.






