1

SSV: “Hozircha O`zbekistonning koronavirusdan xavotirlanishiga asos yo`q!”

Jamiyat 24.01.2020, 08:43
Teglar: SSV, koronavirus
SSV: “Hozircha O`zbekistonning koronavirusdan xavotirlanishiga asos yo`q!”

Sog`liqni saqlash vazirligi va Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi tomonidan bugungi kunda dolzarb bo`lib turgan koronavirus hamda gripp kasalliklariga bag`ishlangan matbuot anjumani bo`lib o`di.

Unda mutaxassislar tomonidan Xitoy Xalq Respublikasi Uxan shahrida yuzaga kelgan koronavirusning yangi tipi epidemiyasi yuzasidan batafsil ma`lumot berilmoqda.

Joriy yil 23 yanvar tonggi holatidagi ma`lumotlarga ko`ra, Xitoyda 600 dan ziyod holatda koronavirus kasalligi aniqlangan. Ushbu xastalikdan 17 nafar inson vafot etgan. Ushbu holat yuzasidan 22 yanvar kuni Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti tomonidan o`tkazilgan favqulodda yig`ilishda mutaxassislar xalqaro favqulodda holat e`lon qilishdan oldin avj olgan kasallik haqida ko`proq ma`lumot olishlari kerakligi to`g`risida qarorga kelishgan. JSST rasmiylari uchrashuvni payshanba kuni, Xitoy hukumati taklifiga binoan Uxanga bir qator Osiyo mamlakatlaridan kelgan shifokorlardan ma`lumot olganidan so`ng davom ettirishga qaror qilishgan.

JSST rahbari Tedros Gebreyesus vahima ko`tarishga hech qanday sabab yo`qligini qayd etdi. Uning so`zlariga ko`ra, Xitoyning Uxan shahrida samarali karantin bo`yicha ko`rayotgan juda qat`iy choralari epidemiyaning mamlakatda avj olishning oldini olishga hamda uning tarqalish ehtimolini kamaytirishga yordam beradi. Bundan tashqari, Evropa sog`liqni saqlash idoralari ushbu virusning tarqalish xavfini “o`rtacha” deb baholashmoqda. Shu bilan birga, JSST koronavirus xavfining oldini olish bo`yicha o`z tavsiyalarini ham bergan.

Xitoyda koronavirus bo`yicha epidemik vaziyat murakkablashishi sababli mamlakatimizda qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, «Uzbekistan Airports» AJ hamda “O`zbekiston temir yo`llari”AJ Tibbiy-sanitariya xizmati tomonidan davlat chegarasini, ayniqsa, Xitoyni kesib o`tgan shaxslarning yuqori sifatli tibbiy monitoringini amalga oshirish choralari ko`rilmoqda. “O`zbekiston temir yo`llari” hamda “O`zbekiston havo yo`llari” AJ tizimidagi faoliyat yuritayotgan xodimlari ishtirokida epidemik vaziyat va uning oldini olish yuzasidan seminarlar o`tkazildi.

Bundan tashqari, Respublika Virusologiya ilmiy tekshirish instituti intensiv terapiya bo`limida koronavirusga gumon qilingan bemorlarni qabul qilish uchun maxsus boks tayyorlab qo`yildi. Respublikadagi aeroport va temir vokzallari sanitariya karantin punktlarida ushbu kasallikka gumon qilingan bemor aniqlansa, uni darhol izolyatorga izolyasiya qilish, koronavirusga laborator tahlilini o`tkazish uchun namuna olish tartibi belgilab qo`yilgan.

Sog`liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi tomonidan koronavirus infeksiyasining yangi turini yurtimiz hududiga chetdan kirib kelishi va tarqalishining oldini olish chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan. Koronavirusning yangi turi (nCoV) qarshi olib boriladigan profilaktik va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarni tashkil etish hamda amalga oshirish to`g`risidagi metodik uslubiy qo`llanma ham tayyorlangan.

Anjumanda koronavirus kasalligining oldini olish bo`yicha olib borilayotgan ishlar Sog`liqni saqlash vazirligi hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi tomonidan qat`iy nazoratga olingani, Xitoydagi koronavirus bo`yicha epidemik vaziyatdan yurtimiz aholisining xavotirlanishiga asos yo`qligi ta`kidlandi.

Sharhlar

O`zbekistonda "omicron" kirib kelgani nima sababdan 2 kundan keyin e`lon qilinganiga munosabat bildirildi

10.01.2022, 20:22

9 yanvar kuni O`zbekistonda koronavirusning yangi "omikron" shtammi bilan kasallangan ilk fuqaro aniqlangani ma`lum qilindi. Xabarda aytilishicha, bu 7 yanvar kuni aniqlangan. O`zbekistonda Omicron shtammi aniqlangani...
O`zbekistonda koronavirusdan kasallanish keskin ko`paydi — SSV

11.12.2021, 11:52

Kecha yurtimizda koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar soni keskin oshib, birgina Toshkent shahrida 100 nafardan ziyod kishida kasallik aniqlandi.SSV xabariga ko`ra, 2021 yil 10 dekabr holatiga...
O`zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari yana ortdi

03.04.2020, 23:11

Ayni vaqtgacha O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi aniqlangan shaxslar soni 6 taga oshib, 227 nafarni tashkil etmoqda.
SSV: Koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish bo`yicha qat`iy choralar belgilandi

15.03.2020, 16:59

Bugun koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligida yig`ilishi bo`lib o`tdi. Unda bir qator qat`iy choralar belgilandi. Bu haqda...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1