1

Xitoyning Xubey viloyatida yana to`qqizta shahar yopildi

Dunyo 24.01.2020, 12:44
Xitoyning Xubey viloyatida yana to`qqizta shahar yopildi

Ayrim ommaviy axborot vositalarida yangi koronavirus tarqalgani sababli mazkur shaharlarga transport qatnovi to`xtatildi, degan xabar tarqaldi. Natijada viloyatda vaqtinchalik yopilgan shaharlar soni o`ntaga etdi. Aytish mumkinki, bunday cheklov choralari jami 29,2 million aholining hayotiga daxl qilmoqda.

O`zAning xabariga ko`ra, virus ilk bor aniqlangan Uxan shahri ayniqsa, qattiq karantinga olingan. Payshanba kunidan boshlab, soat 10.00 dan avtobuslar, paromlar, metro to`xtagan, shaharga tashqaridan yo`lovchi avtobuslar va suv transportlari kiritilmayapti, aeroportdan samolyotlar uchmayapti, temiryo`l qatnovlari ham bekor qilingan. Shahar va mamlakat hukumati agar juda zarur bo`lmasa, aholiga shaharni tark etmaslikni yoki boshqalarni Uxanga bormaslikni maslahat bermoqda.

Echjou shahri 23 yanvardan temiryo`l harakati to`xtatildi. Syantao hukumati payshanba kuni soat 17.00 da barcha avtobus va suv transportlari qatnovini bekor qildi, tez yurar shosselarda shahardan chiqadigan yo`llar yopilgan. Chjiszyan shahrida esa shaharlararo avtobus reyslari qatnovdan olib tashlangan, shaharda faqat supermarketlar, kasalxonalar, bozorlar, avtomobillarga yoqilg`i quyish shoxobchalari, dorixonalar ishlab turibdi. Tijoratning qolgan barcha turlari yopilgan.

Syanszyan shahrida payshanba kuni soat 22.00 dan uzoq masofaga qatnaydigan barcha transport turlari to`xtatildi, qishloqlarga avtobuslar qatnamayapti, jamoat transporti, sayyoh avtobuslar va parom harakatiga ruxsat berilmayapti, bandargohlar huvullab qoldi.

Qolgan shaharlarda ham ahvol shunday, mahalliy hokimiyat vaziyat qattiq nazorat ostiga olingan. 

O`tgan yilning dekabr oyi so`ngida Xitoy hukumati Uxan shahrida kelib chiqishi noma`lum bo`lgan pnevmaniya xastaligi tarqalgani haqida ma`lumot bergandi. Ekspertlar xastalikni yangi turdagi koronavirus – 2019-nCoV keltirib chiqarganini aniqlashdi.

So`nggi ma`lumotlarga ko`ra, virusni yuqtirganlar soni butun mamlakat bo`yicha 830 kishidan oshib ketdi. Ularning 26 nafari hayotdan ko`z yumgan (24 nafari Xubey viloyatidan, ikki nafari boshqa shaharlardan).

Virus tarqalishi Xitoydan tashqarida ham kuzatilmoqda. Kasallanish holatlari Janubiy Koreya, Yaponiya, AQSh, Vetnam, Singapur va Tailandda ham qayd etildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1