1

O`zbekistonda Korrupsiyaga qarshi organ tashkil etiladi

Jamiyat 24.01.2020, 13:13
O`zbekistonda Korrupsiyaga qarshi organ tashkil etiladi

Prezident Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga murojaatnomasi davom etmoqda.

Murojaatda korrupsiya illatlari tanqid qilindi. Ma`lum qilinishicha, ayni paytda eng korrupsiyalashgan Oliy ta`lim, Sog`liqni saqlash va Qurilish sohalarida bu illatning olidini olish uchun dastlabki qadam tashlangan. 

“Birgina “Agrar” univesitetida o`tkazilgan oddiy atestasiyadan 60 foiz o`qituvchi o`ta olmadi. O`zi hech narsani bilmagan odam qanday qilib talabalarga dars beradi”, deya, dalillar keltirdi davlat rahbari.

Shunga ko`ra, Sh.Mirziyoev tomonidan O`zbekistonda Korrupsiyaga qarshi organ tashkil etish taklif qilindi.

“Bu organning “halollik vaksinasi” barchani — vazir, hokim va rahbarlarni tozalaydi”, — ta`kidladi Prezident. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1