1

Bu yil O`zbekistonda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan G`alabaning 75 yilligi xalqaro miqyosda keng nishonlanadi

Jamiyat 24.01.2020, 13:56
Bu yil O`zbekistonda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan G`alabaning 75 yilligi xalqaro miqyosda keng nishonlanadi

Prezident Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga murojaatnomasida Xotira va qadrlash kuni va G`alabaning 75 yilligini har tomonlama munosib va yuqori saviyada nishonlash uchun tayyorgarlik ishlarini puxta tashkil etish kerakligi xususida gapirdi. 

- Jami 1,5 milliondan ziyod O`zbekiston farzandlari bu qonli urushda tinchlik va ozodlik uchun mardona jang qilgani, ularning har uch nafaridan biri o`z yaqinlari bag`riga qaytmagani, el-yurtimizning front ortida ko`rsatgan jasoratini xalqimiz hech qachon unutmaydi.

Biz urush va front orti faxriylarini faqatgina bayramlarda emas, balki har doim e`zozlab ardoqlashimiz, ularning sog`ligi haqida har kuni, har soatda o`ylashimiz lozim.

Joriy yilda ularga har tomonlama e`tibor yanada kuchaytiriladi, dedi Prezident.

Murojaatda, mamlakatimizning eng yaxshi sanatoriylarida ularning salomatligini tiklash uchun qulay sharoitlar yaratilishi, urush yillarida xalqimiz ko`rsatgan haqiqiy jasorat va matonatni – kino, teatr san`ati, badiiy-publisistik asarlar, ilmiy tadqiqotlar orqali ko`rsatish, aholi, ayniqsa, yoshlarimizga ta`sirchan tarzda etkazish bo`yicha katta ishlar olib borilyotgani ta`kidlandi.

 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1