1

Hokimlarning vakolatlari qayta ko`rib chiqiladi

Jamiyat 24.01.2020, 14:06
Hokimlarning vakolatlari qayta ko`rib chiqiladi

Prezident Oliy Majlisga murojaatnomasida har tomonlama mukammal va samarali boshqaruv tizimini yaratish bo`yicha vazifalarga to`xtalib o`tdi.

Murojaatda, joylarda ijro va vakillik organlarining davlat boshqaruvidagi roli va mas`uliyatini yanada oshirish zarurligi ta`kidlandi.

-Shu o`rinda haqli savol tug`iladi: nima uchun Bosh vazirdan boshlab, barcha hukumat a`zolari, viloyat hokimlari parlamentga hisobot beradiyu, viloyat va tumanlardagi rahbarlar o`z faoliyati haqida mahalliy kengashlarga hisobot bermasligi kerak?

Shuning uchun, viloyat va tuman hokimlari o`z dasturlari va ularning ijrosi to`g`risida viloyat kengashlarida hisobot beradigan tizim joriy qilinadi, dedi davlat rahbari.

Uning ta`kidlashicha, amaldagi qonun hujjatlarida hokimliklarning 300 ga yaqin vazifa va funksiyalari nazarda tutilgan. Shundan 175 tasi mazmun-mohiyatiga ko`ra hokimlarning asosiy vazifalari toifasiga kirmaydi va turli idoralarning funksiyalarini takrorlaydi. Bu esa ish sifati va ijro intizomiga salbiy ta`sir ko`rsatishi tabiiy.

Shu sababli Oliy Majlis Senatiga Adliya vazirligini jalb etgan holda, hokimlarning vakolatlarini qayta ko`rib chiqish va ularga xos bo`lmagan hamda bir-birini takrorlaydigan funksiyalarni tegishli organlarga o`tkazishni ta`minlash bo`yicha taklif tayyorlash topshirildi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1