1

Namanganda fermer xo`jaligiga tegishli er maydonini sotmoqchi bo`lgan firibgarlar ushlandi

Jinoyat 24.01.2020, 15:21
Namanganda fermer xo`jaligiga tegishli er maydonini sotmoqchi bo`lgan firibgarlar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangiqo`rg`on tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda fermer xo`jaligiga tegishli er maydonini firibgarlik yo`li bilan sotmoqchi bo`lgan shaxslar ushlandi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo`limi boshlig`i Hayot Shamsutdinov xabar berdi.

Fuqarolar M.X. va “Ya.bog`lari” Fermer xo`jaligini norasmiy boshqarib kelgan E.D., fuqaro K.Sh.ga “Ya.bog`lari” fermer xo`jaligiga qarashli ochiq er maydonidan 2 gektarini xususiy bog`dorchilik va uy-joy qurish uchun rasmiylashtirib berish evaziga 4 000 AQSh dollari va 28,5 mln. so`mni firibgarlik yo`li bilan olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan M.X. va E.D.larga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1