1

Yo`l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi haydovchilarni dovonda harakatlanmaslikka chaqirdi

Jamiyat 24.01.2020, 16:17
Yo`l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi haydovchilarni dovonda harakatlanmaslikka chaqirdi

O`zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi (O`zgidromed)ning ma`lum qilishicha jori yilning 24 yanvar kunidan 26 yanvar kuniga qadar “Toshkent-O`sh” avtomobil yo`lining “Qamchiq” dovonida ob-havo sharoitining keskin o`zgarishi bo`ron bo`lishi kutilmoqda. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati xabar berdi.

Bundan tashqari qor yog`ishi va avtomobil yo`llarida muzlamalar hosil bo`lishi, qalin tuman tushib ko`rinishning 50 metrgacha yomonlashishi shomolning tezligi 15-20 m/sgacha kuchayishi, yo`llarda qor uyumlarining yuzaga kelishi sababli avtomobil yo`llarida harakat qatnashchilari uchun bir qator noqulayliklar keltirib chiqarishi kutilmoqda.

Bu holatlar yo`l-transport hodisalari sodir etilishiga sabab bo`lishi mumkinligini inobatga olgan holda O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi yo`l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi haydovchilardan transport vositasini dovon yo`llarida harakatlanishda murakkab ob-havo sharoitini hisobga olishlarini, zarurat bo`lmaganda harakatlanmaslikni, so`raydi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1