1

Karmanada MIB aliment undirish o`rniga 3 yildan buyon janjalli bo`lgan oilani yarashtirib qo`ydi

Jamiyat 24.01.2020, 18:18
Karmanada MIB aliment undirish o`rniga 3 yildan buyon janjalli bo`lgan oilani yarashtirib qo`ydi

Fuqarolik ishlari bo`yicha Karmana tumanlararo sudining 07.06.2019 yildagi ijro hujjatiga asosan qarzdor I.X. dan B.G. foydasiga bir nafar farzandining moddiy ta`minoti uchun har oylik ish haqi va boshqa daromadlarining ¼ qismi miqdorida aliment undirish belgilangan edi. 

MIB Axborot xizmatining ma`lum qilishicha, Byuroning Karmana tuman bo`limi aralashuvi bilan 2017 yildan buyon kelishmovchilik asosida yashab kelayotgan oila yarashtirildi. Natijada undiruvchi qarzdordan aliment undirish to`g`risidagi ijro hujjatini sud tartibida qaytarib oldi.

Ma`lumot uchun: MIBning Karmana tumani bo`limi tomonidan o`tgan yil davomida jami 158 ta oila yarashtirilib, 175 nafar bolaga ota-onasi qaramog`ida bir oila bo`lib yashash imkoni yaratildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1