1

“MIB xodimlari uydan suv olib chiqib, olovni o`chirishga harakat qilishdi”. Andijonda o`zini yoqib yuborgan yigit bo`yicha qo`shimcha tafsilotlar ma`lum qilindi

Jamiyat 24.01.2020, 18:49
“MIB xodimlari uydan suv olib chiqib, olovni o`chirishga harakat qilishdi”. Andijonda o`zini yoqib yuborgan yigit bo`yicha qo`shimcha tafsilotlar ma`lum qilindi

Xabaringiz bor, Andijonda uydan ko`chirish haqidagi sud qarori ijrosidan norozi fuqaro o`ziga o`tib qo`yib yuborgan edi. Shundan so`ng, holat bo`yicha MIBning rasmiy izohini bergan edik. Ayni paytda MIB Andijon viloyati boshqarmasi tomonidan voqea yuzasidan qo`shimcha tafsilotlar ma`lum qilindi. 

Aniqlanishicha, Majburiy ijro byurosi Andijon tuman bo`limi ish yurituviga fuqarolik ishlari bo`yicha Andijon tumanlararo sudining 17.01.2019 yil kungi javobgarlar X.Z.Gaibnazarov va uning oila a`zolarini Andijon tuman Yorboshi qishlog`i (sobiq Ayrilish maxallasi 225-uy) Beshbo`ynoq MFY, Bodomzor ko`chasidagi 140-uydan majburiy tartibda ko`chirish hamda da`vogar M.Bayxanovani ushbu uyga kiritish bo`yicha ijro hujjati kelib tushgan.

Mazkur sud hujjatining ijrosini ta`minlash maqsadida, joriy yilning 21 yanvar kuni soat tahminan 18:00 larda Byuroning Andijon tuman bo`limi xodimlari tomonidan ijro hujjatida ko`rsatilgan manzilga borilganda, taraflar o`rtasida dalolatnoma rasmiylashtirish jarayonida kelib chiqqan kelishmovchilik sababli, ijro harakatlari 22.01.2020 yilga qoldirilgan.

Shundan so`ng, MIB xodimlari va ijro harakati uchun jalb qilingan boshqa shaxslar qayd etilgan manzildan chiqib ketayotgan vaqtida javobgar X.G. o`ziga benzin sepib, o`t qo`yib yuboradi.

Olovni o`chirish uchun MIB xodimlari uyning hovuzidan chelakda suv olib chiqib, o`chirishga ko`maklashadi. Alanga o`chirilganidan so`ng fuqaro X.G. byuro xodimlarining yordami bilan “Labo” avtotransport vositasi orqali Andijon tuman tez tibbiy yordam ko`rsatish shifoxonasiga olib kelingan. Qarzdorning oila a`zolari esa Byuro xodimining shaxsiy avtomashinasida kasalxonaga etkaziladi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, MIB Andijon viloyati boshqarmasi “jabrdiydaga MIB xodimlari yordam ko`rsatmadi”, degan videomurojaatdagi fikrlar o`z tasdig`ini topmaganligini bildiradi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1