1

KORONAVIRUS: Qirg`iziston cheklov e`lon qildi

Dunyo 24.01.2020, 19:00
KORONAVIRUS: Qirg`iziston cheklov e`lon qildi

Qirg`iziston Xitoydan go`sht va go`sht mahsulotlarini olib kirilishini vaqtincha chekladi. Bu haqda Davlat veterinariya va fitosanitar xavfsizlik inspeksiyasi ma`lum qildi, deya yozmoqda O`zA.

Ta`kidlanishicha, 2019 yilning dekabrida Qirg`izistonga Xenan viloyatidan 48 tonna o`rdak go`shti olib kelingan, go`shtlarning xavfsizligi veterinariya diagnostikasi va ekspertiza markazida tekshirilgan.

Muassasaning ta`kidlashicha, Xenan viloyatida yangi virus qayd qilingan Xubey viloyatidan 500 kilometr uzoqlikda joylashgan.

Barcha holatlarga oydinlik kiritilgunga qadar Xitoydan go`sht mahsulotlarining olib kirilishga cheklov qo`yilishi ta`kidlandi.

Eslatib o`tamiz, Xitoyda yangi virus tarqalmoqda, so`ngi ma`lumotlarga ko`ra, buning oqibatida 25 kishi vafot etdi va 830 dan ortiq kishi kasallikka chalindi. Virus boshqa mamlakatlarga ham yoyilmoqda, ayni damda virus Singapur va Vetnamda ham qayd qilingani ma`lum.

Jahon Sog`liqni saqlash tashkiloti koronavirusning tarqalishni Xitoyda favqulodda vaziyat deya e`lon qildi, ammo hanuzgacha global epidemiya deya e`lon qilmagan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1