AsosiyJinoyat

Institut yotoqxonasini jihozlashdagi talon-torojliklar fosh etildi

'Institut yotoqxonasini jihozlashdagi talon-torojliklar fosh etildi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Navoiy viloyat boshqarmasi tomonidan Davlat investisiya dasturiga kiritilgan ob`ektlarda byudjet mablag`larining maqsadli sarflanishini o`rganish yuzasidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruv o`tkazildi.

“Yagona buyurtmachi xizmati” korxonasi va “K.o.” MChJ mansabdor shaxslari, Navoiy Davlat pedagogika instituti yotoqxonasini jihozlash to`g`risidagi hujjatlarga soxta ma`lumotlar kiritib, haqiqiy bahosi 556,1 mln. so`m bo`lgan 31 turdagi jihozlar va mebellar to`plamlarining narxlarini 2,3 mlrd. so`mga oshirib ko`rsatish orqali, 1,7 mlrd. so`m byudjet mablag`larini o`zlashtirish yo`li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan “Yagona buyurtmachi xizmati” IK va “K.o.” MChJ mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar