1

Yangiyo`lda MChJ rahbarining qum-shag`al aralashmasini talon-toroj qilgani aniqlandi

Jamiyat 25.01.2020, 19:15
Yangiyo`lda MChJ rahbarining qum-shag`al aralashmasini talon-toroj  qilgani aniqlandi

Yangiyo`lda qum-shag`al aralashmasini talon-toroj qilish holati aniqlandi, deya ma`lum qildi Bosh prokuratura Matbuot xizmati.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangiyo`l tumani bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, «Q.F.B.» MChJ rahbari J.Z. jamiyatga baliq boqish bo`yicha sun`iy hovuz tashkil etish uchun uzoq muddatga ijara asosida ajratilgan 11,8 gektar er maydonida qazib olingan umumiy narxi 625,9 mln. so`mlik 59,6 ming m3 qum-shag`al aralashmasini sun`iy hovuz tashkil etish uchun ishlatmasdan talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan «Q.F.B.» MChJ rahbari J.Z.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1