Samarqandda fuqarolarga AQSh vizasini va`da qilib, ularning 8300 dollar pullarini o`zlashtirgan firibgar qarshi jinoyat ishi ochildi.
IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko`ra, o`tgan yilning 02 iyun kuni 30 yoshli X.X. fuqaro 48 yoshli B.X.ni AQSh davlatiga ishga yuborish uchun “Green Card” lotareya o`yinida yutib, 6 oy ichida viza olishga va`da bergan. So`ngra fuqarodan 5800 AQSh dollari olgan va ehtiyojiga sarflagan.
Xuddi o`sha fuqaro Samarqand tumanida yashovchi fuqaro 24 yoshli M.O.ni shu usul bilan chuv tushirgan. Unga ham yuqoridagi va`dalarni berib, 2500 AQSh dollarini olgan. Biroq hozirgacha va`dasining ustidan chiqmagan.
Firibgar jabrlanuvchilarga jami bo`lib 8300 dollar miqdorida moddiy zarar etkazgan.
Mazkur holat yuzasidan Samarqand tumani IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston JKning 168-moddasi 3-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.






