1

Tomskdagi fojia yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atildi

Dunyo 26.01.2020, 17:46
Teglar: Tomsk, yong`in
Tomskdagi fojia yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atildi

Tomsk viloyati, Asinovskiy tumani, Prichulimskiy qishlog`ida sodir bo`lgan yong`in sodir bo`lgani va unda O`zbekiston fuqarolari halok bo`lgani haqida avval xabar bergan edik. Fojia oqibatida ishchilari halok bo`lgan Greenwood kompaniyasining rahbari huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan hibsga olindi. Bu haqda viloyat huquq-tartibot idoralari xabar bermoqda. 

Bu fojiadan so`ng TIV bir guruh mutaxassislari Tomsk viloyatiga jo`nab ketgan edi

Ma`lum bo`lishicha, yonib ketgan uyda “Greenwood” o`rmon xo`jaligi kompaniyasining 14 xodimi istiqomat qilgan. Ma`lum qilinishicha, kompaniya rahbari vaqtincha hibsxonada saqlanmoqda. Xabarga ko`ra, "Greenwood" MChJ zavodi hududida yong`in sodir etilganligi sabab jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Jinoyat kodeksining 109-moddasi (“Ikki yoki undan ortiq shaxsning ehtiyotsizligi tufayli o`limga sabab bo`lish”)ga muvofiq, kompaniya hujjatlari tortib olingan.

Ma`lumot o`rnida, "Greenwood" yog`och ishlab chiqarish kompaniyasi Tomsk viloyatining Asinovskiy tumanida 2011 yildan beri faoliyat olib boradi. 2018 yildan boshlab korxonaning yagona ta`sischisi Ma Tsangui. 2019 yildan buyon bosh direktor Sun Anyi hisoblanadi.

Sharhlar

Tomskdagi yong`in sababchisi bo`lgan xitoylik ayol qamoqqa olindi

05.02.2020, 19:38

Tomskdagi fojeada 11 nafar o`zbekistonlik fuqaro halok bo`lgani haqida avval xabar bergan edik. Mazkur yong`in sababchisi deya gumonlanayotgan “Grin Vud” firmasi direktori, Xitoy fuqarosi Sun`...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1